Malibu 2 deya nomlanuvchi modelning yangilangan varianti joriy yilning yanvar oyidan sotuvga chiqdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Yangi model ko‘rish sohasi kengroq bo‘lgan elektr lyuki, havoni silindrga maxsus uzatuvchi qurilma — turbina yordamida uzatuvchi dvigatel bilan jihozlangan.

Ma’lum qilinishicha, xaridorlar tomonidan Malibu’ning modifikatsiyalangan versiyasiga talab yuqori bo‘lganligi sabab ushbu model ishlab chiqarilmoqda. Biroq uning avvalgi versiyalari ham xaridorning so‘rovi asosida yetkazib beriladi.

Modifikatsiyalashgan modelning narxi 244 570 525 so‘m etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Malibu avtomobilining eski versiyasini narxi 231 430 300 so‘m edi.