13-yanvar kuni poytaxtning Yunusobod tumani, Qoraqamish ko‘chasida favqulodda vaziyatlar vazirligining 15 nafar harbiy xizmatchilariga yangi xonadonlar taqdim etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirni favqulodda vaziyatlar vaziri R. Djurayev ochib berdi va barcha harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng xonadonlarning kalitlari o‘z egalariga topshirildi.
R. Djurayev yangi barpo etilgan xonadonlarda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning oila-a’zolari bilan samimiy suhbat olib bordi.
Shuningdek, xizmat vaqtida halok bo‘lgan mayor I. Isroilovning oilasiga ham yangi xonadonning kaliti tantanali ravishda topshirildi. R. Djurayev xonadon sohiblarini samimiy qutlash chog‘ida bugungi kunda hukumat tomonidan sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Izoh (0)