Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida bir qator lavozimiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “KRuz.uz” nashri xabar berdi.
Filialning kompyuter injiniring fakulteti dekani lavozimiga texnika fani doktori Quvanishbay Seytnazarov tayinlangan.
Q. Seytnazarov bunga qadar Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
Bungachafakultetga Allabay Arziyev dekan bo‘lib kelayotgan edi. U bundan buyon Ta’lim sifatini oshirish bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi.
Filialning marketing bo‘limiga tabiiy va umumiy kasbiy fanlar kafedrasi assistenti Jannazar Kalimbetov tayinlangan.
Bunga qadar Marketing bo‘limini Aybek Zakimov boshqarib klegan. Ayni paytda A.Zakimov doktorantura (PhD) bosqichida o‘qishni davom ettirmoqda.
Izoh (0)