Isroil jangovar aviatsiyasi G‘azo sektori va Misr chegarasidagi terrorchilik infratuzilmasiga aviazarba berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bir muddat avval Isroil Mudofaa armiyasi aviatsiyani qo‘llab, Misrning G‘azo sektoriga tutash chegarasidagi janubiy Rafah (Falastin shahri) hududidagi terrorchilik infratuzilmasiga hujum qildi ”, — deyiladi bayonotda.
Aviazarba maqsadi va sabablariga aniqlik kiritilmagan. Isroil, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash uchun 14-yanvar kuni Falastin anklavining yagona yuk chegara o‘tish yo‘li yopilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)