Turkiyalik futbolchi Arda Turan turk klubi uchun 2,5 yilga ijaraga berildi. Bu ma’lumotni “Barselona” matbuot xizmati tasdiqladi.
Turan shu mavsum so‘ngiga qadar “Istanbul Boshoqshehir” safida to‘p suradi va yana 2 ta to‘liq mavsumni shu klubda o‘tkazadi. Ijara shartnomasi o‘z ichiga qanday bandlarni olgani ma’lum emas.
Turan 2015-yil yozida kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolab, “Atletiko” safidan “Barselona”ga yetib kelgandi. Biroq debyutini u salkam yarim yil kutishiga to‘g‘ri keldi. FIFA “Barselona”ga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygani uchun, Turan faqatgina 2016-yil yanvaridagina katta futbolga qaytdi.
O‘tgan davr mobaynida Turan kataloniyaliklar bilan 6 ta musobaqada g‘olib chiqishga ulgurdi. Biroq ayni paytda uning xizmatlari Ernesto Valverde jamoasi uchun u qadar shart emas.
Izoh (0)