Soni Fredrikson o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashevga qarshi jangda jag‘ini sindirib olgan. Bu haqda Ergashevning o‘zi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Shohjahon Ergashev faoliyatidagi barcha janglarida zafar quchgan Soni Fredriksonni qanday mag‘lub etdi? (video)

Bokschining aytishicha, jangdan keyin Fredrikson shifoxonaga olib ketilgan. Unda jag‘ning o‘z joyidan siljishi kuzatilgan.

Shohjahon Ergashev prof ringdagi 12-jangida Fredrikson ustidan 3-raunddayoq texnik g‘alabaga erishgandi. Bokschi raqibiga ketma-ket zarbalar bera boshlagach, referilar texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa Ergashev o‘z statistikasini yanada yaxshilab oldi. U o‘zi o‘tkazgan 12 ta jangning barchasida raqiblarini nokautga uchratishga erishgan. Shunisi ham qo‘shib hisoblaganda 19 ta jangda ringga chiqqan Fredrikson esa faoliyati davomidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.