Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi ikkinchi sinov-nazorat o‘yinida maydonga tushdi.
Bungacha Turkiya 3-ligasi vakilini yirik — 3:0 hisobida taslim qilgan “paxtakorchilar”, endi mamlakat 2-ligasi a’zosi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Xuddi o‘tgan safar bo‘lgani kabi, “Nasaf”dan olib kelingan himoyachilardan biri bu gal ham gol urdi.
“Turgutluspor”ga qarshi bellashuvda Aleksandr Lobanov 2 ta penaltini qaytarishga erishgandi. Ikkinchi o‘yinda ham hakamlar aynan Lobanov o‘ynayotgan vaqtda “Paxtakor” darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi tayin qildi. Lobanov bu safar ham o‘zini ko‘rsatib, penaltini qaytarishga erishdi.
“Paxtakor” Turkiya 3-ligasi vakilini taslim qildi. Lobanov bir emas, 2 ta penalti qaytardi
O‘rtoqlik o‘yini Belek, Turkiya 12-yanvar, juma“Paxtakor” — “Amedspor” 2:0
Gollar: Akmal Shorahmedov, 4 (1:0). Jasur Hakimov, 86 (2:0).“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov (Eldor Suyunov, 46) — Farrux Sayfiyev (Stanislav Andreyev, 64), Marko Simich (Vladimir Kozak, 64), Sherzod A’zamov (Akbar Ismatullayev, 64), Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev (Doston Ibrohimov, 64), Jaloliddin Masharipov (Sobit Sindarov, 64), Jamshid Iskanderov, Bahrom Abdurahimov (Ibrohim G‘anixonov, 64), Tiago Bezerra (Jasur Hakimov, 64).
“Paxtakor” 30-yanvar kuni Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi yo‘lida Qatarning “Al-Garafa” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)