Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan “Sergeli” YPX maskanida o‘tkazilgan tadbir davomida Nexia rusumli avtomashina tekshirish uchun to‘xtatildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Avtomashina haydovchisi va yo‘lovchilari IIV axborot markazi bazasi orqali tekshirilgan vaqtda yo‘lovchi, 1981-yilda tug‘ilgan Qodir Abdullayevga nisbatan Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilinganligi aniqlandi.

Qodir Abdullayev JKning 184-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan.