Turkiya xavfsizlik kuchlari 2017-yili terrorchi tashkilotlarning 7 mingdan ortiq a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabining yillik hisobotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Reuters

“O‘tgan yil davomida 7016 nafar terrorchi yo‘q qilindi. Ulardan 3777 nafari IShID va va 3239 nafari Kurdiston ishchi partiyasi a’zosi. Chegarani noqonuniy kesib o‘tish chog‘ida 439195 kishi qo‘lga olindi”, — deyiladi hujjatda.

Muxolifatchi Fatxulloh Gulenning FETO tashkilotiga qarshi kurash doirasida harbiy muassasaning 9236 nafar xodimi ishdan chetlatildi, 5399 nafari hibsga olindi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.