“Jirkanch mamlakatlar” haqidagi so‘zlari uchun tanqid ostiga olingan AQSh prezidenti Donald Tramp keskin jumlalar qo‘llaganini tan oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AP

Shu bilan birga, Tramp muhojirlar muammosiga bag‘ishlangan uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar yanada keskinroq bo‘lganini bildirdi.

U noqonuniy muhojirlar deportatsiya qilinishini kechiktirgan dastur — DACA yig‘ilishida keskin fikr bildirganini tan oldi.

“Biroq bundan ham keskinrog‘i — ilgari surilgan bo‘lmag‘ur taklif, DACA uchun ortga qo‘yilgan qadam bo‘ldi”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.