O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov 12-yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida chet ellik investorlarning biznes-aktivlari mamlakatda qay darajada himoyalanishi masalasiga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

“O‘zbekiston kelajagi chet el investitsiyalarisiz bo‘lishi imkonsiz, hozir biz buni yaxshi tushunamiz. Agar biz chet ellik investorlar ishonadigan investitsion muhit yaratmasak, buning bari befoyda bo‘ladi. Valyuta bozori liberalizatsiyasi daromad repatriatsiyasi masalasini hal qildi — ortga yo‘l yo‘q, jarayon boshlandi. O‘zbekistonning investitsion muhiti takomillashtirib boriladi, qonunchilik bilan shunday belgilanadiki, hech kim hech qachon investordan hech narsa tortib ololmaydi, buning iloji yo‘q”, — ta’kidlab o‘tdi oliy martabali amaldor.