O‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashevning professional ringdagi 12-jangi mamlakat telekanallarida ilk bor namoyish etiladi.
13-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 08:00 da ringga ko‘tariladigan Shohjahon Ergashev ishtirokidagi jangni Sport-TV orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin. Bunda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi boshqa bir yengilmas bokschi — amerikalik Soni Fredriksonga qarshi ringga chiqadi.
Fredrikson professional boksda 18 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. 12 ta jangini nokaut bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lgan.