O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev bugun — 12-yanvar oqshomida amerikalik Soni Fredriksonga qarshi jang o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 13-yanvar tongiga to‘g‘ri keladi.

Foto: “Daryo”

Shohjahon Ergashev 18 ta jangining barchasida zafar quchgan amerikalik Soni Fredriksonga qarshi ringga chiqadi

Prof ringda 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini taslim qila olgan Ergashev mazkur jangida ham zafar quchsa, o‘z vazn toifasi reytingida kuchli 10 talikka kirib oladi. U ayni paytda chempionlik kamari uchun bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tmoqda.

Persona. Shohjahon Ergashev prof ringda Fazliddin G‘oibnazarov bilan to‘qnash kelishni istamaydi. Nega?

Biroq raqibda statistika ajoyib ko‘rinishga ega. Fredrikson faoliyati davomida 18 bor prof ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida raqiblarini taslim qilishga erishgan. 12 ta jangda Soni qarshisida turgan bokschilarni nokautga uchratishga erishgan.

Persona. Shohjahon Ergashev ko‘cha bezorisi emas. U qo‘li sinib ketganida ham o‘z jangida yutib chiqqandi (video)

Ikki yengilmas bokschi o‘rtasidagi jangga Nyu-Yorkdagi Turning Stone Resort Casino in Verona ringi mezbonlik qiladi. Bir necha soat oldin charm qo‘lqop ustalarini taroziga tortish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda kichik janjal kelib chiqdi. Bu boradagi video Shohjahon Ergashevning YouTube’dagi kanaliga joylashtirildi.