Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qat’iy propiska tartibi hozircha butunlay bekor qilinmaydi. Bu haqda, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Toshxo‘jayevga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Propiska haqiqatan dolzarb masala bo‘lib turibdi. Davlat dasturi loyihasida belgilanganidek bu borada fuqarolarga zarur qulayliklar yaratiladi.

Lekin propiskani butunlay bekor qilolmaymiz. Bunga alohida tayyorgarlik zarur.

Barcha hududlarning birdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi bir kun kelib bunga o‘z-o‘zidan zamin yaratadi.

Ulug‘bek Toshxo‘jayev, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Xabar to‘ldirilmoqda