Xitoy mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida “A” guruhi jamoalari 2-turni yakunladi.

Foto: OFK

O‘zbekiston U23 termasi Xitoy darvozasiga 1 ta aniq zarba berdi va yakunda g‘olib chiqdi

Mazkur turning birinchi o‘yinida mezbon Xitoy termasi O‘zbekistondan minimal hisobdagi yengilgandi. Ikkinchi uchrashuvda esa qatarliklar Ummon ustidan shu hisobda zafar quchdi va chorak final uchun birinchi qadamni tashladi.

So‘nggi turda Ravshan Haydarov boshqaruvidagi o‘zbekistonlik futbolchilar guruh autsayderi sifatida namoyon bo‘layotgan Ummonni sinovdan o‘tkazadi. Mezbon Xitoy esa guruh peshqadami bo‘lgan Qatarga qarshi saf tortadi. Har ikki o‘yin 15-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.

Foto: OFK

Osiyo Chempionati U23

“A” guruhi. 2-tur

12-yanvar, juma

Qatar — Ummon 1:0

Gol: Akrom Afif, 43 (1:0).

Foto: OFK