Italiya qirg‘oq qorovuli O‘rta Yer dengizining Kalabriya mintaqasiga yaqin hududidan 264 nafar noqonuniy muhojirni qutqarib oldi. Ularning suvga g‘arq bo‘lgan kemasi Turkiyadan yo‘lga chiqqani taxmin qilinmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Krotone port shahri yaqinida o‘tkazilgan qutqaruv operatsiyasida qirg‘oq qorovulining bir qancha kemasidan tashqari Frontex tashkiloti tomonidan ishga tushirilgan Buyuk Britaniya kemasi qatnashdi.

Muhojirlar Krotone shahriga yetkazildi.