Davlat monopoliyalarni saqlab qolmaydi, ammo iqtisodiy tarmoqlarda bugungi kunga qadar aniq rivojlanish rejalari yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

“2018-yildagi vazifa — har bir tarmoq nima xohlashini aniq bilsin”, — ta’kidlab o‘tdi u.

Temir yo‘l, aviatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi xususiylashtirish haqida gapirar ekan, Suxrob Xolmurodov islohotlarning hozirgi bosqichida O‘zbekiston ma’lum sohalarni o‘zida saqlab qolishi lozimligini ta’kidladi.

“Biz investitsiyalar muhimligini juda yaxshi tushunamiz, rostanam hozir ko‘plab loyihalar davlat obyektlarini qisman yoki to‘liq xususiylashtirishga qaratilgan. Ammo birinchi bosqichda, qayta qurish davrida, fikrimcha, davlat ma’lum sohalarni saqlab qolishi lozim — busiz bo‘lmaydi, bu ko‘p davlatlar tajribasida bor. Qaysidir bosqichda muayyan sohani xususiylashtirish kerak bo‘ladi, lekin faqat biz bunga tayyor bo‘lgan bosqichda. O‘ylashimcha, biz hali bunga tayyor emasmiz. Biz yo‘lning boshidamiz”, — qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga qaraganda, ko‘plab tarmoqlar qatorida energetika ham aniq rivojlanish rejasiga ega emas. Bu masalani hal qilish uchun “O‘zbekenergo” investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda yaqin o‘n yil ichida energetika sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.

“Qanaqadir raqamlar kelib chiqadi. Ularga asoslanib uch yillik rivojlanish dasturi ishlab chiqiladi, unda barchani elektr bilan ta’minlash uchun bizga qancha kilovatt kerakligi aniq ko‘rsatiladi. Qarorlar qabul qilinadi: davlat-xususiy hamkorligi uchun qancha mablag‘ kerak, davlat qancha ajratadi, qaysi manbalardan ajratadi”, — deb aniqlik kiritdi Xolmurodov.