Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Bektemir tumani hududida 1973-yilda tug‘ilgan Vitaliy Kulev to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonidan 102,62 gramm marixuana topildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.