Turkiyada 2018-yil Troya yili deb e’lon qilindi. Bunga bag‘ishlangan tadbir Chanakkala shahrida va Turkiyaning shimoli-g‘arbidagi qadimiy Troya shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmushning ma’lum qilishicha, Troya Turkiyani dunyo brendiga aylantirishda yordam beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati har yili dunyoga turli madaniy-tarixiy yodgorliklarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Troya yili doirasida butun dunyo bo‘ylab Troya haqida simfonik konsertlar va teatr tomoshalari uyushtiriladi, Troya asosiy mavzu bo‘lgan o‘nlab ko‘rgazmalarda ishtirok etiladi. Shuningdek, qisqa metrajli filmlar suratga olinadi. Avgust boyida Troyaga bag‘ishlangan muzey ochiladi.