Har bir kishining o‘z orzu va havaslari bor. Lekin hamma uchun umumiy bo‘lgan, yaxshiroq va baxtliroq bo‘lishimizga yordam beruvchi narsalar ham bor.

Foto: “Woman.ru”

Vazifa — ishlarga maqsad va anglash bag‘ishlovchi mo‘ljallanganlik tushunchasi. Agar biz vazifamiz nima ekanligini tushunsak, unda nima uchun biz hayotda maqsadlarga erishishimiz va nima uchun yashayotganimiz aniq bo‘ladi.

  1. Sizning vazifangiz ishlashdir

Har bir odam mehnat qilish uchun yaralgan. Faqat qat’iylik yordamidagina biz oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz. Mehnat qilish — bu yechim, bu yerda hech qanday motivatsiya haqida gap yo‘q. Agar biz biron nimaga erishmoqchi bo‘lsak, unda bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa — mehnat hisoblanadi.

  1. Siz yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qilishingiz kerak

G‘amxo‘rlik qilish — bu neytralitet emas, balki biron-bir harakatlar. Bu do‘stona munosabatlardan ko‘ra kattaroq harakat. Va agar siz hozir ota-onangiz bilan yaxshi munosabat o‘rnata olishning imkoni yo‘q demoqchi bo‘lsangiz, unda bir necha marta o‘ylab ko‘rishingiz lozim bo‘ladi. Ba’zilar ota-onasi bo‘lishini yoki ularning qaytib kelishini orzu qiladi.

  1. Siz o‘sishingiz kerak

Siz minglab talantga ega bo‘lishingiz mumkin, lekin agar siz vaqtingizni va kuchingizni sarf qilmasangiz, u holda ular yuzaga chiqmasdan qolib ketadi.

Musiqa asbobini chalishni o‘rganishga qaror qildingizmi — oxirigacha yetkazing va bu sohaning ustasi bo‘ling. Agar taslim bo‘lishni xohlasangiz, o‘zingizga buni nima uchun qilayotganingizni eslating.

  1. Siz bilimlaringizni boshqalarga singdirishingiz kerak

Ota-onamiz, oliygoh va kitoblarni o‘qish orqali olgan bilimlarimiz bizga saqlab qo‘yish va hech kim bilan bo‘lishmaslik uchun berilmagan.

Sizning tajribangiz, bilimlaringiz va hayotning hamma sohalari haqidagi ma’lumotlar boshqalarga yordam berish, ruhlantirish va o‘rgatish uchun kerak bo‘ladi.

Manba: “Woman.ru”