9-yanvar kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan harbiy qismning “UAZ Xanter” rusumli avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketildi. Bu haqda, Toshkent viloyati IIBga asoslanib, UzNews xabar berdi.
Aytilishicha, 9-yanvar kuni soat 17:35 da Olmaliq shahar IIBga Amir Temur ko‘chasida qoldirilgan harbiy avtomobil olib qochib ketilgani haqida axborot kelib tushgan.
Dastlabki tekshiruvlar natijasida avtomobil viloyatning Quyi Chirchiq tumanidagi soy bo‘yidan topildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘ri boshqaruvni qo‘ldan chiqargan, buning oqibatida mashina ag‘darilib ketgan.
Jinoyatni Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi 23 yoshli yigit amalga oshirgani aniqlandi.
Voqea yuzasidan JKning 267-modda 1-bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)