Ko‘pincha biz o‘z va’dalarimizni jiddiy qabul qilmaymiz, shuning uchun ularni bajarmaymiz. Lekin siz bir umr o‘z ojizligingiz asiri bo‘lmasligingiz kerak.

Foto: Shutterstock

Buning eng keng tarqalgan va mumkin bo‘lgan sabablari quyidagilardan iborat:

1.Biz va’dalarni jiddiy qabul qilmaymiz

Ko‘pincha biz bergan va’dalarimizni jiddiy qabul qilmaymiz va shuning uchun tabiiyki, ularni bajarmaymiz.

Bu siz uchun haqiqatan ham muhim ekanligi haqida o‘ylab ko‘ring. Agar muhim bo‘lsa, harakat rejasini tuzing va uni yozib oling. Bu ishga bag‘ishlanadigan aniq vaqtni ajrating.

2. Biz unutib qo‘yamiz

Masalan, siz o‘zingizga to‘liq jiddiylik bilan ertalablari meditatsiya qilishni va’da berasiz. Lekin keyin shoshilinchda o‘zingizning qaroringiz haqida unutib qo‘yasiz. Kunning yarmida, vaqtingiz bo‘lmagan payti esingizga tushadi. Har kuni ertalab bu qaytadan takrorlanadi va siz boshqa harakat qilmay qo‘yasiz.

Bergan va’dangiz haqida qog‘ozchaga yozing va ko‘zga tashlanadigan joyga qo‘ying. Yoki sizga eslatishi uchun telefon va kompyuterga belgilab qo‘ying.

3. Biz noqulaylikdan qochamiz

Masalan, siz sport bilan shug‘ullana boshlaysiz, lekin mashqlar qiyinlashgandan keyin sizga qiyin va noqulay bo‘lib qoladi. Va siz mashq qilishni to‘xtatishga sabab topasiz.

Noqulaylikning birinchi alomatlaridan keyin o‘zingizdagi vahimaga tushish va hammasini tashlash istagini bosing. Yoqimsiz hissiyotdan biron-bir yangi narsani o‘rganish, o‘z malakalarini oshirish va noqulaylikni qabul qilish imkoniyati sifatida foydalanishga harakat qiling.

Manba: “Layfxaker”