Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi Facebook’dagi sahifasida Birinchi Prezidentning aka-ukalari bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Facebook / Karimov fondi

“Suratda 27 yoshli Islom Karimov (chapdan uchinchi) aka-ukalari Quddus, Ibodullo va Xurshid bilan. Samarqand, 1965-yil” — deya izoh berilgan suratga.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov fondi O‘zbekiston Birinchi Prezidentining oilasiga daxldor yangi fotosurat va ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Ularga ko‘ra, oilada sakkiz farzand o‘sib ulg‘aygan: bir qiz — Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid.