12-yanvar kuni soat 10:00 da O‘zbekiston mudofaa vazirligi Toshkentning “Navro‘z” bog‘ida “Armiya va yoshlar” mavzusida harbiy-vatanparvarlik festivalini o‘tkazadi. Bu haqda, vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Festival dasturiga avtonamoyish, harbiy texnika va qurollanish namoyishi, ko‘chadan tantanili marsh o‘tishi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda uzoq masofaga yugurish kiradi.
Mamlakatning barcha kuch tuzilmalari harbiy orkestrlari, Qurolli Kuchlar markaziy qo‘shiq va raqs ansambli, shuningdek, IIV va Chegara qo‘shinlari ansambllari chiqishi rejalashtirilgan.
Festivalda dala oshxonasi ishlaydi.
Tadbir O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va Vatan himoyachilari bayramining 26 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)