Amerikalik rep-qo‘shiqchi Kanye Uest FaceTime orqali saraton kasaliga chalingan muxlisasi bilan bog‘landi va unga rep ijro etib berdi. Bu haqda Daily Afisha xabar bermoqda

Foto: TMZ

TMZ nashri xonanda avval qiz bilan gaplashgani, so‘ng I Love Kanye trekini ijro etganini bildirdi.

Stalkdebbie taxallusi ostidagi foydalanuvchiga ko‘ra, qiz 3-yanvar kuni o‘ldi, Uest esa unga o‘limidan bir necha kun avval qo‘ng‘iroq qildi.

Bu tvitga Uestning turmush o‘rtog‘i Kim Karlashyan e’tibor qaratdi va “Biz uning oilasi uchun duodamiz” degan yozuv qoldirdi.