Yadroviy hujum yoki tabiat kataklizmi oqibatida Yerdagi barcha atom elektrstansiyalarining bir vaqtda portlashi sayyorani kelgusi 156 yil davomida odam yashamaydigan hududga aylantiradi, deb yozadi “Nauka”.
Britaniyalik olimlar “100” serialining to‘rtinchi mavsumi yakuniga e’tibor qaratdi. Uning qahramonlari sayyoradagi barcha AESlarining bir paytda portlashi oqibatida kelib chiqqan yadro apokalipsisidan jon saqlash uchun Yerni tark etadi. Bosh qahramon 2 199 kun yoki taxminan olti yildan so‘ng Yerga qaytish mumkinligiga ishonch bildiradi. Aynan shu fikrni mutaxassislar tekshirib ko‘rishga qaror qildi.
Barcha atom elektrstansiyalari elektr energiyasi umumiy miqdorining 11 foizini ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda sayyorada 430 ga yaqin statsionar AES va 200 suzuvchi reaktorlar faoliyat ko‘rsatmoqda. XXI asr o‘rtasiga kelib bu reaktorlar soni ikki barobarga ortib, taxminan 898 taga yetishi kerak.
Olimlar Chernobil AES va “Fukusima” halokatidan so‘ng yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalanib barcha yadro reaktorlarining bir vaqtda portlashi seziy-137 va boshqa uzoq yashovchi izotoplarning katta miqdorda havoga tashlanishiga olib keladi. Bu esa Yerni keyingi 156 yil davomida odamlar yashashi uchun yaroqsiz holga keltiradi.
Izoh (0)