Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ishlab chiqarila boshlangan raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu zamonaviy mahsulotlar davlat rahbarining qaroriga asosan “O‘zelektroapparat” zavodida ishlab chiqarilmoqda.
Xitoyning Hytera kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha samarasida sakkiz turdagi apparatlar tayyorlanmoqda. Ilg‘or texnologiyalarga asoslangan bunday texnikalar shu paytgacha mamlakatda ishlab chiqarilmas edi. Raqamli radiostansiya vositalari import o‘rnini bosishi, axborot xavfsizligini ta’minlashi bilan ulkan ahamiyatga ega.
Izoh (0)