Oldinroq xabar qilinganidek, 9-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda davlat rahbari internet tezligini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni va sifatini oshirish singari masalalarni o‘rtaga tashladi.
“Internetdan 20 million aholi foydalanadi, deb hisobot bergansizlar. Biroq milliy internet orqali taklif etiladigan xizmatlar doirasi juda cheklangani sababli aholining aksariyat qismi internetdan faqat Telegram’da yozishma uchun foydalanadi, xolos”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
MDH davlatlari bo‘yicha internetning o‘rtacha tezligi O‘zbekistondagidan 10 marta yuqoriligi qayd etildi. Aloqa operatorlari chekka hududlarda, avtomobil va temir yo‘llarga yaqin hududlarda telekommunikatsiyalarni kengaytirishga sarmoya kiritmayotgani ta’kidlandi.
Mutasaddilarga internet narxini keskin arzonlashtirish, tezligini kamida 4 barobarga oshirish, 2020-yilgacha esa MDH davlatlari darajasiga yetkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha zarur topshiriq berildi.
Izoh (0)