Kanadaning Jastin Biber tug‘ilib-o‘sgan Stratford shahrida (Ontario provinsiyasi) xonanda shaxsiy muzeyi tashkil etiladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Muzey kuratorlari tomonidan Biberning bobo va buvisi Bryus va Diana Deyl bilan hamkorlikda artistning 125 ta shaxsiy buyumi to‘plandi. Ulardan 75 tasi namoyish etiladi.

Eksponatlar orasida “Gremmi” mukofotlari, mikrofonlar, xokkey sumkasi va qo‘shiqchining shaxsiy maktublari bor.