7-yanvar kuni Smitson instituti (AQSh) mutaxassislari delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida O‘zbekistonninng madaniy-sivilizatsiya merosini o‘rganish va ilmiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish muhokama qilinadi.
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh instituti mutaxassislari tomonidan 15-yanvarga qadar O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot va Tashqi ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xususiy sayyohlik tashkilotlari Assotsiatsiyasi, muzeylar va ta‘lim muassasalarida bir qator uchrashuvlar o‘tkaziladi. Uchrashuvlar davomida respublikaning turizm salohiyati va sohani yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha Toshkent va Xiva shaharlarida tadqiqotlar olib borishni nazarda tutgan bo‘lib, tadqiqotlar natijasida ushbu shaharlarda turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan baholar va tavsiyalar bilan institutning hisobotlari tayyorlanadi.
Izoh (0)