Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi sari kurash olib boradigan Qarshining “Nasaf” klubi “Paxtakor” va “Lokomotiv”dan keyin o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari uchun xorijga yo‘l oldi.
“Nasaf” matbuot xizmatining xabar berishicha, klub a’zolari 23-yanvarga qadar Turkiyaning Belek shahrida bo‘ladi. Avvalroq Toshkentning “Paxtakor” klubi ham yig‘in uchun Belekni afzal bilgandi.
“Paxtakor” Turkiya 3-ligasi vakilini taslim qildi. Lobanov bir emas, 2 ta penalti qaytardi
Yig‘inga 23 nafar futbolchi jalb qilingan. Uning doirasida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, raqiblar nomiga shu onning o‘zidayoq aniqlik kiritilmagan. Bu borada “Lokomotiv” qolganlarga o‘rnak sifatida, safarga ketmay turiboq, bo‘lajak raqiblari kim bo‘lishini ommaga ma’lum qilgandi.“Paxtakor” Turkiyaga ketgach, “Lokomotiv” Amirliklarni afzal bildi. Uning bo‘lajak raqiblari nisbatan jiddiyroq
Qarshi klubi Chempionlar Ligasining pley-offi doirasida 30-yanvar kuni Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubini qabul qiladi.
Izoh (0)