Qozog‘istonning “Ordabasi” klubi futbolchilari o‘tgan yilning iyun oyidan buyon maosh va mukofot pullarisiz o‘ynab kelmoqda. Bu haqda “Championat.asia” qozoq nashrlariga asoslanib ma’lumot berdi.
Aytilishicha, “Ordabasi” moliyaviy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgan. Klub rahbariyatiga ishonishda davom etayotgan futbolchilar esa bu borada sudga arznoma bilan chiqish qilmagan. Ular orasida o‘zbekistonlik hujumchi Aleksandr Geynrix ham bor.
“Ordabasi” Yevropa Ligasida to‘p surishi kerak bo‘lgan jamoadir. Shunga qaramay, bir qator yetakchi futbolchilar o‘zi uchun yangi jamoa izlash ishlarini boshlab yuborgan. Klub rahbariyati esa kamaytirilgan maosh bilan futbolchilarga yangi shartnomalar taklif qilgan.
33 yoshda deb ko‘rsatiladigan Aleksandr Geynrix bu borada qanday qarorga kelishi hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)