14-yanvar — vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tomonidan shahar, tuman hokimlari o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish sport musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda “NamNews.uz” xabar bermoqda.
Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni viloyat hokimi o‘rinbosari Paxriddin Matkarimov, 2-o‘rinni Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Azimjon Vaxobov, 3-o‘rinni Yangiqo‘rg‘on tuman hokimi Asadulla Najmidddinovlar egalladi.
G‘oliblarga viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)