8-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Atiqulloh Nosher boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida 2017-yil sentabrda Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi va noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan tashabbuslarni amalga oshirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Afg‘oniston elchisi Sayid Shahobiddin Temuriy ham ishtirok etdi.
Izoh (0)