Bugun, 8-yanvar kuni O‘zbekistonda prokuratura organlari xodimlari kuni nishonlanmoqda. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun 2016-yil 19-dekabrda Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan edi.
Bu sanaga asos sifatida 1992-yil 8-yanvar belgilangan — o‘shanda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari to‘g‘risida”gi farmonni qabul qilgan edi.
Izoh (0)