AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvga mutlaqo tayyor ekanligini aytdi. Bu haqda u jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Tramp bu masalada qat’iy turishini ta’kidlab o‘tdi.
“Men bu ishni qilardim. Menda bu masalada hech qanday muammo yo‘q”, — dedi u, jurnalistlarning muzokalar o‘tkazish-o‘tkazmaslik haqidagi savoliga javob berarkan.
Bundan tashqari, u Shimol va Janub o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish fikrini qo‘llab-quvvatladi, ammo ularda AQSh ishtirok etmasligini ta’kidladi.
Izoh (0)