Suriyada sakkiz kun ichida besh brigada generali halok bo‘ldi. Bu haqda 7-yanvar kuni Telegram’dagi WarJournal kanali orqali ma’lum qilindi.
Oldinroq uch kun ichida uch general halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Endi xabar qilinishicha, 7-yanvar kuni Suriya quruqlik kuchlari brigada generali, “Gepard” laqabli Haydar Hassan halok bo‘lgan. U bir necha kun oldin Xarasta shahridagi harbiy baza uchun bo‘lgan jangda og‘ir jarohat olgan edi.
Xarasta jangida yana bir general — Ibrohim Yunus Dabrax ham halok bo‘lgan edi.
Shu tariqa, bir haftadan sal ko‘proq vaqt ichida Suriya armiyasi besh generalini yo‘qotdi.
Izoh (0)