Shvetsiya poytaxtining Xudding tumanida “Vorbyu” metro bekati yaqinida portlash ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.
Portlash oqibatida bir kishi jarohatlandi. Ayni paytda u shifoxonaga yetkazildi.
Jabrlangan inson 60 yoshdaligi ma’lum. Politsiyaga ko‘ra, portlash chog‘ida u 45 yoshli ayol bilan birga ketayotgan edi.
Izoh (0)