Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi yirik shaharlar aholisi kelgusida elektromobillarni tanlashiga erishish zarurligini bildirdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
“Elektr stansiyalar, xususiy uy-joyni gazlashtirish, jamoat va xususiy avtotransportini gazga o‘tkazish borasidagi ishlarni davom ettirishimiz lozim. Kelgusida Olmaota va Ostonada faqat elektromobillar harakatlanishiga erishishimiz kerak”, — dedi Nazarboyev Olmaota meri Baurjon Baybek bilan uchrashuvda.
Uchrashuvda shaharni rivojlantirish masalalari, ekologik muammolar ham muhokama etildi.
Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti shahar aholisining 2 milliondan oshishi nafaqat iqtisodiy jihatdan o‘zini ta’minlash, balki kichik va o‘rta biznes uchun ham yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Olmaota aholisi hozirgi kunda 1,7 million kishini tashkil etmoqda.