Dehli Oliy sudi ayollarga Hindiston Hududiy armiyasida xizmat qilishga ruxsat beruvchi qaror chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sud qarori ayollarning hududiy armiyani shakllantirishga qo‘shilishini taqiqlovchi har qanday cheklov jinsidan qat’iy nazar barcha fuqarolar tengligini ilgari suruvchi mamlakat konstitutsiyasi va qonunlariga zid ekanligini ma’lum qiladi.
Sudga petitsiya Hududiy armiyaga xizmatga kirish istagida bo‘lgan, biroq rad javobini olgan ayollar guruhi tomonidan yo‘llangan. Hindiston matbuoti har yili ushbu armiya bo‘linmalariga qabul haqidagi e’lonlarni chop etadi. Unda erkaklar talab etilayotgani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi.
Izoh (0)