Veneto provinsiyasida yashovchi Almerina Maskarello bionik qo‘l protezi o‘rnatilgan ilk italiyalik ayol bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ayolning qo‘li 1993-yil iyulida, fabrikada ishlayotgan chog‘ida press ostida qolib ketgandi.
Bionik protezni Silvestro Miser rahbarligidagi xalqaro olimlar guruhi ishlab chiqdi. 2016-yil iyunida neyrojarroh Paolo Mariya Rossini va uning hamkasblari operatsiya chog‘ida Almerinaga bionik qo‘lni implantatsiya qildi.
Shundan beri 1,5 yil vaqt o‘tdi va mazkur tajribani muvaffaqiyatli yakunlandi, deb hisoblash mumkin.