Italiya A seriyasida mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan Milanning “Inter” klubi omadsizliklar girdobiga tushib qoldi.
Luchano Spaletti boshqaruvidagi klub ketma-ket beshinchi o‘yinida zafar qucha olmadi. Bungacha “Inter” “Yuventus” (1:1) va “Latsio” (0:0) bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, “Udineze” (1:3) hamda “Sassuolo”ga (0:1) imkoniyatni boy bergandi.
Kechagi tur A seriya uchun mavsumdagi 2-davra o‘yinlarining boshlanishi edi. O‘tgan yilning 20-avgust kuni “Inter” mavsumning ilk turida “Fiorentina”ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchishga erishgandi. Oradan yarim yil o‘tib, kuchlar teng keldi.
Italiya A seriyasi 20-tur o‘yinlari 5-yanvar, juma
“Fiorentina” — “Inter” 1:1
Gollar: Mauro Ikardi, 55 (0:1). Jovanni Simeone, 91+ (1:1).6-yanvar, shanba“Torino” — “Bolonya” 16:30“Jenoa” — “Sassuolo” 19:00“Benevento” — “Sampdoriya” 19:00“Spal” — “Latsio” 19:00“Napoli” — “Verona” 19:00“Milan” — “Krotone” 19:00“Roma” — “Atalanta” 22:00“Kalyari” — “Yuventus” 00:45
Izoh (0)