MMA jangchisi Xabib Nurmagomedov yangi yil kunidagi g‘alabasidan keyin MakGregor hamda Fergyuson haqida gapirishdan charchamayapti. Sportchi bu ikki raqibni bir kechada mag‘lub etishga ham qodirligi haqida aytib o‘tdi.
Xabib Nurmagomedov yangi yil kuni braziliyalik Edson Barbozani katta farq bilan taslim qildi (video)
Konorning Dog‘iston haqida aytganlari jahlimni chiqardi. 50 ga yaqin bizning yigitlar UFC ligasida jang qiladi. Irlandiyada-chi?!Rossiyalik sportchining navbatdagi jangi kimga qarshi o‘tishi ma’lum emas. Ayni vaqtda uning promouterlari MakGregor hamda Fergyusondan boshqasi bilan muzokara o‘tkazishni xayoliga ham keltirayotgani yo‘q.Hozir odamlar MakGregor haqida o‘ylayotgani ham yo‘q. Chunki u haqiqiy janglardan o‘zini olib qocha boshladi. U o‘ziga 45 yoshli Meyvezerni, UFC ligadagi 10 ta jangda mag‘lub bo‘lgan, ayni damda esa marixuana ta’sirida qolgan Neyt Dias kabilarni raqib bilib yuribdi.
Men esa MakGregor bilan tekinga ham jang qilishga tayyorman. Chunki chempionlik kamari kerak. Hatto MakGregor hamda Fergyusonni bitta jang oqshomida ham mag‘lub eta olishimga ishonaman.
Xabib Nurmagomedov, MMA ustasi
Izoh (0)