Ijtimoiy tarmoqda qizil ari va Sparassidae oilasiga mansub o‘rgimchakning dahshatli olishuvi videosi paydo bo‘ldi. Avstraliya janubi-g‘arbida mahalliy fuqaro tomonidan olingan videoyozuv YouTube’ga joylandi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Rolik muallifi birinchi bo‘lib qizil ari hujum qilganligini qayd etadi — u o‘rgimchakka hujum qilib, uni tishlay boshlagan (bu bo‘g‘imoyoqlilar nishi sanchilganda jarohat joyida qolmaydi). Videoda o‘rgimchak dastlab dushmanidan qochishga uringanligi, so‘ngra qo‘llari bilan hujumni qaytara boshlaganligini ko‘rish mumkin. Bir necha daqiqadan so‘ng qizil ari qurboni to‘liq falajlanib, qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatadi.
Videoga izoh qoldiruvchilar olishuvdan so‘ng o‘rgimchak qizil ari lichinkalari uchun ozuqa bo‘lishini taxmin qildi.
Izoh (0)