3-yanvar kuni poytaxt huquq-tartibot idoralari xodimlari bir fuqaroning yonidan katta miqdorda marixuana giyohvand moddasini aniqladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, 3-yanvar kuni soat taxminan 12:00 larda IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Chilonzor tumani hududida joylashgan to‘yxona oldida 1976-yilda tug‘ilgan Mavlonov Murod Alijonovich to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonidan 144,29 gramm marixuana aniqlanib olindi.
Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.