“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Samarqand va Buxoro shaharlarini Tojikiston poytaxti Dushanbe bilan bog‘laydigan yangi reyslar tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda, Tojikiston matbuotiga tayanib, 1News xabar bermoqda.
Aytilishicha, Tojikiston tomoni bu taklifni o‘rganib chiqmoqda. Taklif bo‘yicha javob ijobiy bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil aprelida O‘zbekiston 1992-yilda to‘xtatilgan Toshkent – Dushanbe – Toshkent reysini ishga tushirgan edi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Tojikiston poytaxtiga haftasiga bir marta, seshanba kunlari parvozlarni amalga oshirmoqda.
Izoh (0)