Rossiyaning Barnaul shahrida ota o‘z o‘g‘li uchun unutilmas Yangi yil kechasini uyushtirishga qaror qildi. U o‘g‘li bilan supermarketdagi o‘yinchoqlar xonasida yashirinib olgan. Muassasa yopilgach, erkak o‘g‘li bilan yashiringan joyidan chiqib, attraksionlarda uchishni boshlagan. Ularning bayrami kuzatuv kameralarida yozilgan. Bu videoni Telegram’dagi Hue kanali taqdim etgan.

Savdo markazi rahbariyati bu holatga qanday munosabat bildirgani haqida xabar berilmagan.