Ukrainaning Rovno shahrida 2-yanvarga o‘tar kechasi Mercedes avtomobili beton to‘siqni buzib o‘tib, avtoturargohga kirgan va u yerda qariyb 20 ta mashinaga zarar yetkazgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishicha, avtomobil katta tezlikda harakatlangan va to‘siqni buzib, avtoturargohga kirib ketgan.

Foto: “Korrespondent.net”

Hodisa joyidan uch kishi kasalxonaga jo‘natilgan. Mercedes’ning haydovchisi bosh qismidan jiddiy jarohat olgan.