Tayvanda 70 yoshli pensioner poyezd ostiga qulab, omon qoldi. Hodisani videokuzatuv kameralari qayd etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: YouTube

Kadrlarda keksa erkak perron chetiga yaqinlashib, toyingani va to‘g‘ri relslarga qulaganini ko‘rish mumkin. Bu payt platformaga poyezd yaqinlashib, pensioner uning ostida qoldi. Vaziyat og‘irligiga qaramay, tayvanlik tirik qoldi.

Jabrdiyda qutqaruvchilar tomonidan kasalxonaga yetkazildi. U boshidan jarohat oldi, biroq hayotiga xavf yo‘qligi bildirilmoqda.