Suriya hukumati Eron bilan birdamligini bildirdi va uning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

“Eron rahbariyati, hukumati va xalqi bilan yaqin aloqalar bog‘lab turgan Suriya Tehronga qarshi qaratilgan fitna barbod bo‘lishiga ishonchi komil. AQSh, Isroil va ularning mintaqadagi sheriklari Yaqin Sharqda vayronkor rol o‘ynamoqda, mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni qo‘pormoqda. Ular Suriya va Iroqda terrorchi guruhlar ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Eron boshqarayotgan qarshilik tizimini zaiflashtirishga intilmoqda”, — deyiladi bayonotda.